Bilasizmi?

5 kunlik ishdan tashqari navbatchilik uchun ham qo‘shimcha ish haqi to‘lanishi kerakmi?

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, belgilangan kundalik ish (smena) vaqtidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi, ish vaqtidan tashqari ishlashga xodimning roziligi bo‘lishi kerak, agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlari ishlasa kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.