Oqdaryo tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarorining nizom talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2023-yil 1-mavsumda Oqdaryo tumani bo‘yicha jami 9 ta loyiha g‘olib bo‘lib, jami 9705,0 mln so‘m mablag‘lar loyihalar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan.
Xarid qilish bo‘yicha 1 ta loyiha jami qiymati 1200 ,0 mln so‘mlik loyiha :
-    “Dahbed” MFYdagi Toshkent Davlat agrar universitetiga quyosh panelli o‘rnatish bo‘yicha 1 200,0 mln so‘mlik ishlar to‘liq yakunlangan.
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 3 ta loyiha jami qiymati 3600 ,0 mln so‘mlik loyihalar:
-    “Istiqlol” MFY Qoratuxum qishlog‘i ichki yo‘llariga beton qoplama yotqizish qiymati 1 200 mln so‘mlik ishlar to‘liq yakunlangan.
-    “Turon” MFY ichki yo‘llarini ta’mirlash qiymati 1 200 mln so‘mlik ishlar yakuniy bosqichda, 
-    “Bozorjoy” MFY ichki yo‘llarini ta’mirlash qiymati 1 200 mln so‘mlik ishlar yakuniy bosqichda, 
Ko‘cha chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha 1 ta loyiha jami qiymati 555 ,0 mln so‘mlik loyiha :
-   “Avazali” MFY Qorateri qishlog‘i elektr tizimini ta’mirlash qiymati 555 mln so‘mlik ishlar buyurtmachi Samarqand viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari karxonasi” tomonidan pudratchini aniqlash bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga o‘tkazilgan. 
Umumta’lim maktablarini ta’mirlash bo‘yicha 4 ta loyiha jami qiymati
 4350 ,0 mln so‘mlik loyihalar:

-    Tumandagi 45-maktabga qo‘shimcha o‘quv xona qurish ishlari pudratchi “Oqdaryo Zarafshon quruvchi”MCHJ tomonidan 1 200 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda; 
-    Tumandagi 6-maktabni ta’mirlash ishlari pudratchi “Me’mor” XK tomonidan
 750 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda;
-    Tumandagi 2-maktabni ta’mirlash ishlari pudratchi “Dilshoda Obod qo‘rg‘on” MCHJ tomonidan 1200 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda; 
-    Tumandagi 3-maktabni ta’mirlash ishlari pudratchi “O‘tkir Sarbon Servis” XK tomonidan 1200 mln so‘mlik qurilish ishlari davom etmoqda; 
Joriy yilning 17-iyuldan 16-sentabrga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida Oqdaryo tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 143 ta loyiha ilgari surilib, ularning 116 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
Jamg‘armada shakllangan 6 018 083 685 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta loyiha(30 927 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi:
- Oqdaryo tuman Sug‘onchi mfy Tepa Sug'onchi qishlog‘i ichki ko‘chalarini asfalt qilish.
- Katta sug‘onchi ichki yo‘larini asfalt qoplamasini yotqizish 
- Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga mebel jihozlari sotib olish
- Oqdaryo tuman 12- maktabni issiqlik tizimini tamirlash 
- Oqdaryo tuman 45- maktab eski binosi o‘rniga qo‘shimcha o‘quv xonasi qurish.
Demak, joriy yil 2-mavsum tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 2 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari, 2 ta umumiy o’rta ta’lim maktabini ta’mirlash hamda oliy o‘quv yurtini mebel jihozlari bilan ta’minlash  ishlari amalga oshiriladi.
Ulug‘bek Maxmanazarov, 
Oqdaryo tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i.