“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi

02-04-2021 | 3469

2021-yil 1-aprel kuni Nukus shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

Test natijalari 72 soat ichida talabgorning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, “O‘qituvchilar uchun Aptis” ingliz tili fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan malaka test sinovi bo‘lib, har oyda o‘tkazib kelinmoqda.

Keyingi test sinovi aprel oyida Toshkent va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladi. Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati